

Manchester Yunayted Angliya – PSJ Fransiya 0:2
Old Trafford
Gollar: 0:1 – 53 Kimpembe, 0:2 – 60 Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Sanches, 45), Matich, Pogba, Errera, Marsyal (Mata, 46), Reshford (Lukaku, 84).
PSJ – Buffon, Kerer, Tiago Silva, Kimpembe, Markinos, Draksler, Verratti (Paredes, 75), Dani Alves, Di Mariya (Dagba, 81), Bernat, Mbappe.
Ogohlantirish: Kimpembe (11), Draksler (19), Pogba (26), Yang (30), Bernat (34), Lindelef (50), Dani Alves (62), Errera (87), Shou (90).
Chetlatish: Pogba (89).
6-daqiqada Di Marichning ayyorona zarbasiga aniqlik yetishmadi.
9-daqiqada Reshfordning bergan zarbasini Buffon qaytardi.
28-daqiqada Kilian Mbappe darvozabon bilan birga bir vaziyatdan unumli foydalana olmadi.
45+4-daqiqada Lingard o'rniga Aleksis maydonga tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshida Marsyal o'rniga Mata o'ynaydigan bo'ldi.
53-daqiqada Kimpembe burchakdan oshirilgan to'pga aniq zarba berdi va hisobni ochdi.
60-daqiqada Di Mariyaning qanotdan uzatgan to'pini Mbappe darvozaga joylab qo'ydi.
69-daqiqada Kilian Mbappening ayyorona zarbasini De Xea qaytarib qoldi. Aks holda hisob yiriklashardi.
Uchrashuv 0:2 hisobi bilan yakunlandi. Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.









