YCHL. Londondagi bahsda kuchlar teng keldi, Messi nihoyat “Chelsi” darvozasiga yo'l topa oldi

21 fev 2018, 02:41
YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Chelsi”- “Barselona” uchrashuvida tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi.

Qiziqarli kechgan bellashuvning ikkinchi bo'limida tomonlar bittadan gol kiritishga erishishdi. Dastlab Villian ajoyib va kuchli zarbasi bilan Ter Shtegenni dog'da qoldirgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay londonlik himoyachilarning qo'pol xatosidan keyin Inesta uzatib bergan to'pni Messi chap oyoqda yaqin burchakka “mixlab” qo'ydi -1:1.

Takidlash joizki, Leo “Chelsi”ga qarshi bahslarda 9-bahsga kelib gol urishning uddasidan chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia