YCHL. “Liverpul” to'qqiz yillik tanaffusdan keyin chorak finalda ishtirok etadi
7 mar 2018, 05:49
YCHL 1/8 finalida ikki uchrashuv natijasiga ko'ra “Portu”dan ustun kelgan “Liverpul” chorak final yo'llanmasiga ega chiqdi.
Mersisaydliklar Chempionlar ligasi tarixida oltinchi marta musobaqaning ushbu bosqichida ishtirok etishadi. So'nggi marta inglizlar 2008/2009 yilgi mavsumda CHLda chorak finalga qadar yetib kelishgandi.