YCHL. Hafta o'yinchisi bo'lishga da'vogarlar ma'lum bo'ldi
7 mar 2019, 09:50
UEFA matbuot xizmati 1/8 final javob uchrashuvlari (birinchi hafta)ning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzodlarni e'lon qildi.
Unga ko'ra, Dushan Tadich ("Ayaks"), Yugo Lloris ("Tottenxem"), Romelu Lukaku ("Manchester Yunayted") va Mussa Marega ("Portu") hafta o'yinchisi nomiga da'vogarlik qiladigan bo'ldi.
Ovoz berish jarayoni UEFA rasmiy saytida amalga oshirilmoqda.