YCHL. "H" guruhi, 5-tur. BATE - "Portu", "Shaxtyor" - "Atletik"

25 noya 2014, 16:11
Bugun Yevropa chempionlar ligasi "H" guruhida 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Chempionlar ligasining "H" guruhida Portugaliyaning "Portu" jamoasi muddatidan avval pley-off yo'llanmasiga ega chiqib bo'lgan. Ukrainaning "Shaxtyor" klubi ham bir oyog'i bilan keyingi bosqichda deyish mumkin. Ispaniyaning "Atletik" jamoasi kutilmaganda guruhda autsayder nomiga sazovor buo'lib turibdi. Ispaniyaliklar o'tkazilgan to'rtta o'yinning uchtasini raqiblariga boy berishgan bo'lsa, faqatgina bittasi durang natijasini qayd etishdi.

BATE bugun o'z maydonida guruh peshqadami "Portu"ni qabul qiladi. Ispaniyaning "Atletik" klubi Ukrainaga safar uyushtiradi.

BATE jamoasida nazariy jihatdan keyingi bosqichga yo'l olish uchun imkoniyatlar mavjud. Ammo ularning taqdirlari o'z qo'llarida emas.

"Shaxtyor" esa "Portu" jamoasi bilan guruhda birinchi bo'lish uchun bahs olib borishi oydinlashib qolmoqda. "Atletik" esa Yevropa ligasiga yo'llanma beruvchi uchinchi o'rin uchun kurashishi mumkin. Ammo bu yo'lda ularga eng katta raqobatni BATE jamoasi taklif qilishi aniq.


YCHL, 5-tur.

"H" guruhi.

BATE - "Portu" (22:00, "NTV PLYUS Futbol2")

"Borisov".

Bosh hakam: Ovidiu Xategan (Ruminiya)


"Shaxtyor" - "Atletik" (00:45, "NTV PLYUS Sport")

"Arena Lviv".

Bosh hakam: Mark Klattenburg (Angliya).


4-turdan keyingi holat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1FC Porto431012 - 3910
2Shakhtar Donetsk422014 - 2128
3BATE Borisov41032 - 19-173
4Athletic Bilbao40132 - 6-41


Manba: championat.asia