YCHL. "G" guruhi prevyusi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 12:29
Bugun Yevropa chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi. "G" guruhi prevyusi bilan tanishing.

Angliyaning amaldagi chempioni "Lester" klubi o'z maydonida Daniya chempioni "Kopengagen" bilan bellashadi. YCHL guruh bosqichini ajoyib boshlagan ikki klub o'zaro kuch sinashishadi.

"Kopengagen" YCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan 32 klub orasida ayni paytda eng uzun mag'lubiyatsiz seriya sohibi hisoblanadi. Ushbu jamoa so'nggi bor 22 may kuni mag'lub bo'lgandi. Shundan keyin ketma-ket 23ta uchrashuvning hech birida yutqazmadi. Klaudio Raneri boshchiligidagi "tulkilar" dastlabki ikki uchrashuvda g'alaba qozonib o'z darvozalaridan umuman gol o'tkazishmadi.

Dastlabki ikki uchrashuvda ikki bor mag'lub bo'lgan, umuman gol ura olmay 7ta gol o'tkazgan Belgiya chempioni o'z maydonida hozircha g'olib bo'lmagan "Portu"ni qabul qiladi. "Bryugge" safida yo'qotishlar juda ham ko'p.



"Lester" - "Kopengagen"
Taxminiy tarkiblar: 

"Lester": Shmeyxel; Simpson, Morgan, Xut, Fuxs; Maxrez, Drinkuoter, Amarti, Olbrayton; Slimani, Vardi.
O'ynamaydi: Mendi
Sariq kartochkasi borlar: Slimani

"Kopengagen": Olsen; Ankersen, Yorgensen, Yuxansson, Augustinsson; Verbich, Dilani, Kvist, Tutu; Santander, Kornelius.
O'ynamaydi: Amankvaa, Boylesen



"Bryugge" - "Portu"
Taxminiy tarkiblar:
"Bryugge":
Byutel; van Reyn, Pulen, Densvil, Kools; Klaudemir, Simons; Vanaken, Vormer, Gedoz; Vossen.
O'ynamaydi: Rafaelov, Engels, Iskerdo, de Bok, Mexele, Bryuzzeze So'roq ostida: Dyabi
Sariq kartochkasi borlar: Simons, Vormer

"Portu": Kasilyas; Layun, Felipe, Markano, Telles; Danilu, Errera, Otavio, O. Torres, Jota; Andre Silva.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia