YCHL formatida yana o'zgarish bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
6 fev 2025
UEFA YCHL pley-off o'yinlarida qo'shimcha bo'limlarni bekor qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Unga ko'ra, uchrashuv asosiy vaqti durang bilan yakunlangan taqdirda penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Biroq bu ehtimoliy o'zgarish 2027 yilgacha bo'lmaydi.

Ayrim sobiq futbolchilar 15 daqiqadan iborat ikki taymning bekor qilinishini istashgan va bu holat tiziq taqvimda futbolchilarga kamroq yuklama tushishini ma'lum qilgan.

UEFA bu ishni keyinchalik ko'rib chiqishini va hozirgi paytda buni ko'rish normal holat emas deb hisoblagan. Istalgan o'zgarish UEFAning tartib-intizom qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi.

2021 yilda UEFA evrokuboklarda safardagi gol qoidasini bekor qilgandi. Bu yildan esa evrokuboklar formati tamomila o'zgartirildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian