YCHL finali 29 avgustda o'tkazilishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi tufayli UEFA Yevropa chempionlari ligasi finalini 29 avgustda o'tkazishni taklif qilayapti, deya xabar bermoqda The Telegraph.

¼ final uchrashuvlari 28-29 iyul kunlari, keyingi uchrashuvlar mos ravishda avgust oyida o'tkaziladi. Yevropa ligasi finali esa 26 avgustda o'tkazilishi mo'ljallanmoqda.

YCHL finali Istambuldagi Otaturk olimpiya stadionida, Yevropa ligasi finali Gdanskdagi “Energa Gansk” o'yingohida bo'lib o'tadi.


Manba: The Telegraph.