"Real Madrid" ketma-ket uchinchi bor YCHL g'olibi!

Narzulla Saydullayev
27 may 2018
Yevropa chempionlar ligasi finali doirasidagi "Real Madrid" - "Liverpul" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH



Yevropa chempionlar ligasi. Final.
"REAL MADRID" - "LIVERPUL" 3:1  
26 may. Kiev. "Olimpiyskiy" stadioni.
Bosh hakam -
Milorad Majich (Serbiya).
Gollar: Benzema 51, - 1:0. Mane 55, - 1:1. Beyl 64, - 2:1. Beyl 84, - 3:1.
"Real Madrid": Navas, Karvaxal (Nacho, 37), Serxio Ramos, Varan, Ronaldu, Kroos, Benzema (Asensio, 88), Modrich, Marselo, Kazemiro, Isko (Beyl, 61).
Zaxira: Kasilya, Teo Ernandes, Lukas Vaskes, Kovachich
"Liverpul": Karius, Aleksandr-Arnold, Lovren, Van Deyk, Robertson, Xenderson, Milner (Jan, 83), Viynaldum, Salah (Lallana, 30), Mane, Firmino.
Zaxira: Minole, Klayn, Klavan, Moreno, Solanke

Ogohlantirishlar: Mane 83.



O'yindan oldin Kievdagi stadion


Muxlislar o'yinga tayyor


Andrey Shevchenko kubokni stadionga olib chiqdi


Bugun u kimga nasib qilarkin?


O'yindan oldingi mashg'ulotdan 


O'YIN BOSHLANDI! 


Uchrashuvdan avvalgi eng zo'r rasm.


Ayni paytda "Santyago Bernabeu" stadionida muxlislar finalni tomosha qilishmoqda


Uchrashuvning dastlabki 10 daqiqasida hisob ochilmadi. Daxshatli hujumlar ostida o'tdi. 


Ikki murabbiy o'yindan avval


29-daqiqa Muhammad Salah elkasidagi jarohat tufayli ko'zida yosh bilan maydonni tark etdi...


37. Afsus. Yana bir jarohat! Bu safar Karvaxal maydonni tark etdi. 


Respekt!


Futbol shunday o'yinki unda kap katta erkaklar ham yig'laydi


43-daqiqada Benzema gol urdi, ammo hakamlar o'yindan tashqari holatni qayd etishdi


45+3. Birinchi taym tugadi


46. Ikkinchi bo'lim start oldi


51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BENZEMAAAAAAAAAAAAA! Karius to'pni egallab olib sheriklariga qo'li bilan otayotganida Benzema to'pga oyog'ini qo'ydi va hisobni ochdi - 1:0. Kariusning yosh bolalarcha xatosi.


55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MANEEEEEEEEE! Burchak to'pidan so'ng Sadio yaqin masofadan gol urdi - 1:1.


64. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  BEEEEEEEEEYL! DAXSHATLI GOL! SUPER MUPER GOL! Zaxiradan maydonga tushgan Beyl akrobatik tarzda chiroyli gol muallifiga aylandi - 2:1. 

Beylning goliga Zidanning munosabati  


75. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 15 daqiqa qoldi. Hozircha "Real" 2:1 hisobida oldinda.


83. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL!  BEEEEEEEEEYL! Karius bugun "Real"ga "o'ynadi". Garetning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Karius ahmoqona tarzda o'tkazib yubordi - 3:1. 


O'YIN TUGADI! "REAL MADRID" ketma-ket uchinchi yil Yevropa chempionlar ligasi g'olibi!


YANGILASH



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia