YCHL. SSKAdan 2:0, "Chelsi"dan 4:0

Narzulla Saydullayev
22 noya 2017
Yevropa chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan ikkita uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Moskvada o'tgan SSKA - Benfika uchrashuvida mezbonlar ikki taymdan bittadan gol urishga erishib g'alaba qozonishdi. Dastlab Shennikov o'yindan tashqari holatda turib hisobni ochdi. Tanaffusdan so'ng Jardel o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi - 2:0.




SSKA Rossiya – Benfika Portugaliya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 
1:0 – 13 Shennikov, 2:0 – 56, avtogol Jardel.
SSKA – Akinfeev, Shennikov (Nababkin, 50), Vasin, Berezuckiy, Fernandes, Dzagoev (Gordyushenko, 84), Natxo, Vernblum, Golovin, Ignashevich, Vitino (Kuchaev, 77).
Benfika –    Brunu Varela, Luizao, Jardel, Andre Almeyda, Elizeu (Jivkovich, 83), Picci, Feysa, Augusto (Ximenes, 56), Salvio, Jonas, Diogu Gonsalvesh (Servi, 46).
Ogohlantirishlar: Elizeu (31), Vernblum (39), Luizao (61), Nababkin (70), Natxo (72).




Ozarbayjonda mehmon bo'lgan "Chelsi" yirik hisobda zafar quchdi. Bosh hakam 19-daqiqada mezbonlar vakili Rashad Farxat Sadigovni maydondan chetlatib "Qorabog'" darvozasiga penalti belgiladi. Eden Azar 11 metrli jarima to'pidan hisobni ochdi. Biroz o'tib Azarning ajoyib pasidan keyin Villian gol urdi. Ikkinchi taymda yana Villian penalti ishladi va uni Fabregas golga aylantirdi. Uchrashuvga yakuniy nuqtani Villian qo'ydi - 0:4. "Chelsi" keyingi bosqichda!



Qorabog' Ozarbayjon – Chelsi Angliya 0:4 (0:2, 0:2)
Gollar: 
0:1 – 21, penalti Azar, 0:2 – 36 Villian, 0:3 – 73, penalti Fabregas, 0:4 – 85 Villian.
Qorabog' – Shexich, Jeznichak, Agoli, Medvedev, Sadigov, Michel, Garaev, Rishard, Gere (Yunuszade, 81), Madatov (Diniev, 46), Ndlovu (Kintana, 85).
Chelsi –    Kurtua, David Luiz, Aspilikueta, Alonso (Keyxill, 58), Ryudiger, Azar (Morata, 65), Kante (Drinkuoter, 75), Pedro, Fabregas, Villian, Dzappakosta.
Ogohlantirishlar: Jeznichak (41), Alonso (53), Medvedev (71).
Chetlatish: Sadigov (19).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia