YCHL. "Chelsi" va "Portu" jamoalari o'rtasidagi ikki o'yin ham Ispaniyada o'tkaziladi

Alisher
30 mar 2021, 18:29
Koronavirus pandemiyasi Chempionlar Ligasi o'yinlar taqvimiga ta’sirini o'tkazishda davom etmoqda.

"Chelsi" va "Portu" jamoalari o'rtasidagi CHL 1/4 final o'yinlari xalqaro koronavirus cheklovlari sabab neytral maydonda o'tkaziladi.

Klublar rasmiy saytlari xabar berishicha, bahslar "Sevilya"ning uy stadioni "Ramon Sanches Pisxuan"da bo'lib o'tadi. O'yinning o'tish muddati va vaqtlari o'zgarishlarsiz qolmoqda - 7 va 13 aprel, 00:00 tshk.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia