YCHL. Chaqir "Barselona" - "Napoli" o'yinini boshqaradi

Alisher
6 avg 2020, 15:47
Chempionlar Ligasi 1/8 final doirasidagi o'yinlarni qaysi hakamlar boshqarishi ma'lum bo'ldi.

Barselona – Napoli: bosh hakam – Juneyt Chaqir, assistentlar – Baxattin Duran, Tarik Ongun, to'rtinchi hakam – Xalil Meler (barchasi – Turkiya).

Bavariya – Chelsi: bosh hakam – Ovidiu Xacegan, assistentlar – Oktavian Shovre, Sebastyan George, to'rtinchi hakam – Radu Petrusku (barchasi – Ruminiya).

Ikkala o'yin ham 9 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi. "Barselona" birinchi o'yinda "Napoli" (1:1) bilan Italiyada durang o'ynagan bo'lsa, "Bavariya" mehmonda "Chelsi" (3:0)ni mag'lub etgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com