YCHL. Top-5 chempionat yetakchilari orasida faqat "Bavariya" g'alaba qozondi

YCHL nimchorak final bosqichining dastlabki uchrashuvlari yakunlandi.

Bir necha daqiqa avval Turinning "Yuventus" klubi Fransiyada mag'lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, chempionlar ligasining mazkur bosqichida Yevropaning top-5 chempionatlari yetakchilari tomonidan qayd etilayotgan noxush ananani "keksa sinora" ham davom ettirdi. Bunga qadar PSJ va "Liverpul" mag'lubiyatga uchragan, "Barselona" esa Neapolda durang qayd etgan edi.

Bundesliga jamoalari esa hozircha boshqa raqobatchilariga o'rnak bo'lishmoqda. Qitaning klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasida Germaniya sharafini himoya qilayotgan klublarning barchasi ushbu bosqichning dastlabki o'yinida g'alaba g'ozondi ("Bavariya" "Borussiya D.", "Leyptsig").


Manba: championat.asia