ECHL. Bugungi uchrashuvlardan so'ng guruhlardagi holat bo'yicha qisqa tahlil

27 noya 2013, 04:01
Bugun bo'lib o'tgan to'rtta guruhdagi 5-tur uchrashuvlaridan so'ng "Chelsi" keyingi bosqichga yo'l olgani rasman ma'lum bo'ldi.


"E" guruhi.



Eng murakkab holatlardan biri mana shu guruhda vujudga kelgan. 7,8,  ochkolarni jamg'argan ikkita jamoa keyingi bosqichga chiqishni istaydi,  lekin bitta omadsiz jamoa guruhda qolib ketadi. Bu borada so'nggi turdagi "Shalke-04" - "Bazel" uchrashuvi juda ahamiyatlidir. Har qanday holatda ham "Chelsi" keyingi bosqichga yo'l olib bo'ldi.

So'nggi turda.

"Shalke-04" - "Bazel"
"Chelsi" - "Styaua"

 



"F" guruhi.

Bu guruhdan ham bitta kuchli jamoa qolib ketadi. "Arsenal" hali muddatidan oldin keyingi bosqichga yo'l olmagan va dastlabki 3ta pog'onadagi jamoalar ikkita o'rin uchun kurash olib boradi. Har ikki jamoada ham 9 ochkodan mavjudligini iboratga olsak natija o'zaro o'yinga ko'ra aniqlanadigan ko'rinadi. Bu borada "Borussiya"da imkoniyat yaxshiroq. Ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:3. Shunga qaramay keyingi turda "Napoli" o'z maydonida , "Borussiya" esa safarda harakat qilishini unutmaslik lozim.

So'nggi turda.

"Marsel" - "Borussiya"
"Napoli" - "Arsenal"

 



"G" guruhi.



Bu guruhda ham ajoyib holat kelib chiqqan. "Atletiko Madrid" allaqachon keyingi bosqichga yo'l olgan bo'lsa, bitta o'rin uchun "Zenit" va "Portu" kurash olib boradi. Bu borada hech qaysi jamoani imkoniyatini yuqori baholab bo'lmaydi.

So'nggi turda.

"Austriya" - "Zenit"
"Atletiko Madrid" - "Portu"

"H" guruhi. 




Bu guruhda "Barselona" so'nggi tur oldidan keyingi bosqichga yo'l oldi. To'plar nisbati bo'yicha "Barselona" 5:2 hisobida "Ayaks"dan oldinda va har qanday holatda ham keyingi bosqichda. Keyingi turda bo'lib o'tadigan "Milan" - "Ayaks" ucharshuvi esa haqiqiy "omadsiz"ni aniqlab beradi. Ushbu uchrashuv Italiyada bo'lib o'tishini inobatga olsak bunda "Milan"ning imkoniyati yuqoriroqdir.

So'nggi turda.

"Milan" - "Ayaks"
"Barselona" - "Seltik"

Hullas hali so'nggi turda ham keskin kurashlarni ko'ramiz.

Humoyun Davurov tayyorladi

Manba: championat.asia