YCHL. Bugun qur'a!

Eldor Akmurzayev
13 dek 2021
Bugun chempionlar ligasi 2021/22 yilgi mavsum 1/8 final boqichga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Shveytsariyaning Non shahrida o'tadigan tadbir 16:00 da start oladi.

1-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

"Manchester Siti" (Angliya)

"Liverpul" (Angliya)

"Ayaks" (Niderlandiya)

"Real" (Ispaniya)

"Bavariya" (Germaniya)

"Manchester Yunayted" (Angliya)

"Lill" (Fransiya)

"Yuventus" (Italiya)

2-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

PSJ (Fransiya)

"Atletiko" (Ispaniya)

"Sporting" (Portugaliya)

"Inter" (Italiya)

"Benfika" (Portugaliya)

"Vilyarreal" (Ispaniya)

"Zalcburg" (Avstriya)

"Chelsi" (Angliya)

Musobaqa formatiga ko'ra, 1/8 finalda o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan jamoalar ikkinchi o'rindagi jamoalarga qarshi qur'a natijasiga ko'ra pley-off tizimida bahs olib boradi. Bir davlat vakillari hamda guruhda bir-biriga raqiblik qilgan jamoalar nim chorak finalda to'qnash kelmaydi.

YCHL 1/8 final dastlabki uchrashuvlar 15-16 va 22-23 fevral kunlari bo'lib o'tadi.

"Sport" telekanali marosimni to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilishni rejalashtirgani haqida xabar berdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia