YCHL. “Bryugge” hujumchisi klub avtobusidan haydaldi va qaydnomadan chiqarildi

Eldor Akmurzayev
24 noya 2020, 21:05
Chempionlar Ligasi 4-turi doirasida bugun “Borussiya D” o'z maydonida “Bryugge”ni qabul qiladi.

Uchrashuv oldidan mehmonlar forvardi Emmanuel Dennis klub qaydnomasidan chiqarildi. Bunga nigeriyalikning klub avtobusiga chiqib, joy talashgani sabab bo'lgani aytilmoqda. Jamoa ustozi Filipp Kleman Dennisda jarohat yo'qligini aytib, u ro'yxatdan intizomni buzgani uchun o'rin olmaganini tasdiqladi. Qayd etilishicha, u klub avtobusidan ham haydalgan.

23 yoshli Dennis joriy mavsum klub safida 10 o'yinda qatnashib, 1+2 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru