YCHL. “Barselona” etti yildan buyon o'z maydonida mag'lub bo'lmay kelmoqda

9 avg 2020, 07:52
YCHL 1/8 finalida “Barselona” o'z uyida “Napoli”ga qarshi javob o'yinida ishonchli g'alabaga erishdi – 3:1.

Italiyada kechgan birinchi o'yinda tomonlar murosa (1:1) ko'chasini tanlashgandi.

Kechagi bellashuvdan keyin kataloniyaliklarning ushbu turnirda o'z maydonidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 36 uchrashuvga etdi.

So'nggi marta “Barselona” o'z maydonida 2013 yili musobaqaning yarim final bosqichida “Bavariya”ga (0:3) imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mister Chip