YCHL. Akinfeev ketma-ket 31-uchrashuvda gol o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
4 noya 2015, 09:00
Manchester Yunayted hujumchisi Ueyn Runi YCHL 4-turida SSKAga qarshi o'iynda gol urdi (1:0).

Shunday qilib, Moskva klubi posboni Igor Akinfeev ketma-ket 31-uchrashuvda gol o'tkazib musobaqa antirekordini yana yangiladi.

Eslatib o'tamiz, Akinfeev ushbu antirekordni ikki yil oldin Viktoriyaga qarshi bahsda ketma-ket 17-uchrashuvda gol o'tkazib qayd etgandi.

PSV sobiq posboni Ronald Vaterres ketma-ket 16ta o'yinda gol o'tkazgan. Akinfeev so'nggi bor YCHL doirasida 9 yil oldin gol o'tkazmagan. 2006 yil 1 noyabr sanasida SSKA Londonda Arsenalga qarshi o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru