YCHL. 1/8 final uchun qur'a bugun 16:00da boshlanadi

Alisher
14 dek 2020
Bugun UEFA shtab-kvartirasi Nonda Chempionlar Ligasi 1/8 finali uchun qur'a tashlash marosimi o'tkaziladi.

Unda 8ta guruh g'oliblari va 8ta ikkinchi o'rin egalari ishtirok etadi.

Saralangan

"Bavariya" (Germaniya), "Real" (Ispaniya), "Manchester Siti" (Angliya), "Liverpul" (Angliya), "Chelsi" (Angliya) "Borussiya", Dortmund (Germaniya), "Yuventus" (Italiya), PSJ (Fransiya).

Saralanmagan

"Atletiko" (Ispaniya), "Borussiya", Myonxengladbax (Germaniya), "Portu" (Portugaliya), "Atalanta" (Italiya), "Sevilya" (Ispaniya), "Lacio" (Italiya), "Barselona" (Ispaniya), "RB Leyptsig" (Germaniya).


Saralangan jamoalar javob o'yinlarini uy stadionlarida o'tkazishadi.

1/8 finalda bir guruh jamoalari yoki bir associaciya vakillari to'qnash kelmaydi.

Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

1/8 finalning ilk o'yinlari 16, 17, 23 va 24 fevral kunlari, javob o'yinlari esa 9, 10, 16 va 17 mart kunlariga rejalashtirilgan.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com