YCHL 1-saralash bosqichi. 6 gol o'tkazib yuborgan "Astana" musobaqani tark etdi va boshqa natijalar

Mirjalol Normatov
19 avg 2020, 02:56
Bugun Yevropa chempionlar ligasi 1-saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

"Qorabog'" (Ozarbayjon) - "Sileks" (Makedoniya) 4:0

Gollar: Jeymi Romero (11), Vildonald Gerer (40, 51), Mohir Madatov (80).

"Legiya" (Polsha) - "Linfild" (Irlandiya) 1:0

Gol: Joze Kante (82).

"Dinamo Brest" (Belorus) - "Astana" (Qozog'iston) 6:3

Gollar: Mixail Gordeychuk (15, 22), Kirill Pechenin (17), Pavel Sedko (37), Abdu Diallo (55, 90) - Marin Tomasov (45), Dorin Rotariu (52), Abzal Beysebekov (87).

"Seltik" (Shotlandiya) - KR (Islandiya) 6:0

Gollar: Muhammad Elyunussi (6, 90+1), Sveyn Adelshteynsson (17-avtogol), Kris Julen (31), Greg Teylor (46), Odson Eduard (72).

"Crvena Zvezda" (Serbiya) - "Yevropa" (Gibraltar) 5:0

Gollar: Fardu Nabuane (35, 44, 52), Mirko Ivanich (78, 87).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia