Bu yil milliy terma jamoamiz faqat birgina rasmiy o'yinda maydonga tushadi. Qolgan terma jamoalarimiz esa qita chempionati final bosqichlarida ishtirok etishadi. Lekin eng ko'p e'tiborni baribir ichki musobaqalarga qaratamiz. Chunki ularni kuchaytirmasdan turib, milliy futbol saviyasini ko'tarish haqida o'ylab bo'lmaydi. Shu o'rinda PFL va klublar hal qilishi zarur bo'lgan bazi holatlar to'g'risida sizlar bilan o'rtoqlashib o'tamiz.
KUBOK
O'zbekiston Kubogi finalining bu yog'iga neytral stadionda o'tkazilishini muxlislar yaxshi kutib olishdi. Yani, finalchilar o'z maydonlarida o'ynay olishmaydi. Shu bahonada viloyatdagi ishqibozlar kubok finaliga bevosita guvoh bo'lish imkoniyatiga egalar. Kubok haqida gap ketar ekan, unda faqatgina final uchrashuvini emas, balki uni o'tkazish tartibini o'zgartirish yaxshiroq foyda keltirardi. Ko'p davlatlarda kubok o'sha mamlakat futbolining ommaviyligini yanada o'stirish, jamoalar ananalar orqali shakllanganini his qildirish uchun o'tkaziladi. Angliya, Fransiya, Italiya, Germaniya, Rossiya yoki shu kabi boshqa mamlakatlarda unda ko'plab jamoalar ishtirok etadi. Qatnashchilarning professional yoki yarim professional jamoa bo'lishining ahamiyati yo'q. Istalgan havaskor jamoa musobaqada ishtirok etish to'g'risida ariza berib, raqibni qabul qilish uchun stadioni borligi haqida (stadionni ijaraga olish ham mumkin) va safarga borishi to'g'risida kafolat xati taqdim etadi. Angliya va Fransiyada shunday vaziyat kuzatiladi. Natijada o'yinlarga bo'lgan qiziqish yuqori darajada bo'ladi. Kichik hudud jamoalarida mamlakatning yetakchi klublariga qarshi o'ynash imkoniyati yuzaga keladi. Bizda esa hozircha kubokka oliy liganing yetakchi klublarigina qiziqish bilan qaramoqda. Birinchi liga jamoalarini aytmasa ham bo'laveradi. PFL havaskor jamoalarga O'zbekiston Kubogida qatnashish imkoniyatini taqdim etishi kerak. Turli shahar va tumanlardagi korxonalar yoki tashkilotlar o'z jamoalarini tashkil etib (hozir ham ularning soni etarlicha topiladi), kubokda qatnashishsa, musobaqaning ommaviyligi ancha ortgan bo'lardi. Qur'ani har bir bosqich uchun alohida tashlab, jamoalarga imtiyoz bermaslik lozim. Shunda ilk bosqichdayoq kuchlilar o'zaro to'qnash kelib qolishi yoki kichikroq bir tumanda joylashgan jamoa o'z maydonida oliy liga grandlaridan birini qabul qilishi mumkin. Ichki musobaqalarga tushib ketgan qiziqish shunda bir oz ko'tarilishi mumkin. Qolaversa, tumanlarda qarovsiz qolib ketayotgan stadionlarni sal yaxshiroq holatga keltirib olish imkoniyati mavjud. Hozirgi paytda kubokda oliy liganing 14 va birinchi liganing 26 jamoasi qatnashadi xolos. Yevropada bunday maqomdagi kubok turniri liga kubogi deb yuritiladi. Mamlakat kubogini esa shunga yarasha o'tkazish, tashkil qilish shart. E'tibor bering, Angliyada FA Kubogida 737 ishtirok etadi. Gollandiya va Germaniyada esa 5-7 ligalarda o'ynaydigan jamoalar ham kubok bahslarida qatnashishadi. Germaniyada hududiy kubok sohiblari ham unda ishtirok etishadi. Bu xuddi viloyat kubogi g'oliblari qatnashishidek gap. Fransiyada mamlakat kubogi deyarli barcha jamoalarni qamrab oladi. Bu yerda joriy mavsumda 7656 jamoa kubok bahslarida ishtirok etadi. Eng quyi sanalgan 10-ligadan qatnashchilar borligini ko'rasiz. Ushbu ligada oddiygina havaskor jamoalar qatnashishadi. Turli kompaniyalarda ishlovchi xodimlar o'zlari kabi boshqa jamoa tuzganlar bilan mavsum mobaynida bellashib yurishadi. Omadlari kelgan taqdirda Fransiya Kubogida nomdorroq bir klub bilan to'qnashuvgacha yetib borishlari mumkin. Bizda ham kubok bellashuvlarini shunday tarzda o'tkazilsa, qiziqish ancha ortishiga ishonamiz. Har bir tumandan hech yo'g'i bir jamoa topilishi aniq. Chunki yurtimizda futbolni yoqtiruvchi ko'plab insonlar bor. Ular birlashgan holda yoki biror tashkilotning ko'magi bilan bir necha uchrashuvlarda ishtirok etadigan jamoa tuza olishadi. Eng kamida tumanlar sharafini himoya qiluvchi jamoalarga shunday imkoniyat tuhfa etiladi. O'zbekiston Kubogini shunday formatda ko'rish hech bir muxlisni xafa qilmasa kerak.
BIRINCHI VA IKKINCHI LIGA
Birinchi ligada o'zgarishlar qilish zarurligini PFL rahbariyatining o'zi ham yaxshi tushunib turibdi. Bir qator yig'ilishlarda bu ta'kidlab o'tildi. Endi qanday o'zgarishlar bo'lishini kutamiz. Hozirgi sharoitda ushbu liga hech kimda qiziqish uyg'otmayapti, jamoalar yoshlarni kashf qilishmayapti. Avvallari ushbu ligada o'ynagan futbolchilar osonlikcha oliy ligaga ko'nikib ketishardi. Bunga Oleg Shackix, Aleksey Jdanov, Andrey Akopyanc va yana boshqa ko'plab futbolchilar misol bo'la oladi. Biroq bugunga kelib birinchi liga saviya jihatidan yuqori ligadan katta farq bilan ortda qolib ketdi. Bazi jamoalar tuzukroq mashg'ulot o'tkazmasdan maydonga chiqishadi. Xuddi bu havaskorlar ligasidek. Shunga qaramay, bir qator iqtidorli yoshlar ushbu ligada to'p tepayotganini inkor qilib bo'lmaydi. Biroq ularni saralab oladigan mutaxassislar yo'q. Natijada bor yoshlar ham 2-3 yil o'ynagach, futbolni tashlab ketishmoqda. Jamoalar soni ko'paygani bilan saviya o'smayapti. Shu sababli PFL ishtirokchilar sonini kamaytirib, keskinroq o'tadigan bellashuvlar sonini oshirish ustida bosh qotirsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Har yili mablag'i yo'q jamoalarga imkoniyat beravermay, endi butun mavsum mobaynida safarlarga bora oladigan klublarning ishtirok etishiga yo'l qo'yish kerak. 16 jamoa bo'ladimi yoki 14tami, buning farqi yo'q. Shundan keyin jamoalar soniga yarasha formatda chempionatni o'tkazish ustida bosh qotirish ko'rsa arziydi. Agar jamoalar soni 16tadan oshmasa, unda 3 davrali tizimdan foydalanish mumkin. Birinchi liga klublari terma jamoalar o'ynaydigan haftalarda dam olishmaydi va ularga yil davomida 40-50 uchrashuvda maydonga tushish umuman qiyinchilik tug'dirmaydi. O'tgan yili 38 uchrashuvdan iborat mavsumda taqvim borasida muammo kelib chiqmadi. Birinchi ligada hozir uchrayotgan muammolarning aksariyati klublarning moliyaviy holati bilan bog'liq. Birinchi liganing eng yorqin o'tgan 1990-yillardagi mavsumlarida kurash oliy liganikidan kam bo'lmasdi. O'sha paytlarda birinchi ligadagi klublar pul borasida deyarli kamchilikka ega emasdilar. Hattoki, 1995 yil birinchi ligada o'ynashni istagan jamoalar ko'payib ketganidan chempionat ikki guruhga bo'lib o'tkazilgandi. Oradan yillar o'tib, endi moliyaviy muammolar tufayli shunday qarorga kelindi. O'sha yillarda markaziy uchrashuvlarga 10 mingdan ko'proq ishqibozning tashrif buyurgani bugun muxlislarga xuddi yolg'ondek tuyulishi mumkin. O'yinlar hozirgidan 4-5 baravar yuqoriroq saviyada o'tganini alohida takidlash joiz. U paytlar birinchi liga jamoalari oliy liga klublari uchun munosib o'rinbosarlar tayyorlab berishga harakat qilishardi. Natijada 17-22 yosh atrofidagi va faxriy futbolchilarning aksariyati quyi ligada to'p tepardi. Hozir ushbu liga jamoalarida pul kamligi bois faxriy va tajribali o'yinchilar oliy liga klubining zaxira o'rindig'ida o'tirishni maqul topishyapti. Xuddi shu tariqa yoshlar ham birinchi liga jamoalariga borishni xohlashmayapti va bu yerda yildan-yilga saviya tushib bormoqda. Qaysidir manoda bu yerda ikkinchi toifali hamda juda yosh futbolchilar to'p tepa boshlashdi. Oliy ligaga yo'llanma olishni istagan jamoalar taxminan 6-7 nafar tajribaliroq o'yinchilarni tarkibiga qo'shib olib, bu vazifani qiyinchiliksiz uddalashyapti. Saviyasiz futboldan bezgan muxlislar birinchi liga bellashuvlariga deyarli kelmay qo'yishdi. PFL birinchi ligani yaxshi holatga qaytarish uchun o'zgarishlarga qo'l urishi shart.
Ikkinchi liga xususida to'xtaladigan bo'lsak, har bir viloyatda imkon qadar viloyat chempionatlari tashkil etilmoqda. Bizda ikkinchi liga musobaqasi viloyat birinchiliklari hisoblanadi. Turli korxonalar, futbol maktablari, oliy liga klublari akademiyalari unda ishtirok etishyapti. Saviyani past deb aytish mumkin, lekin haqiqiy zavqni uchratish ehtimoli yuqori. Ikkinchi ligada o'zgarishlar qilish haqida aniq bir gap aytish qiyin, chunki undan oldin har bir viloyatdagi vaziyatni obdon o'rganib chiqish lozim. Ularga yordam tariqasida ushbu maqolada yozib o'tganimiz – ikkinchi liga jamoalariga O'zbekiston Kubogida ishtirok etishga imkoniyat berish zarur. Albatta, xohlovchilarga. Imtiyoz tariqasida bu liga jamoalari o'zlaridan yuqori ligalardan o'ynaydigan klublarga qarshi uchrashuvlarni (birinchi va oliy liga jamoalari) o'z maydonida o'ynashlari kerak. Shunda o'sha hududda jamoaga bo'lgan e'tibor ortadi, stadionga ishqibozlar tashrifidan qanchadir miqdorda mablag' ishlab olish imkoniyatiga yuzaga keladi. Biror tumanga “Bunyodkor”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” yoki “Neftchi”ning tashrifi qanday qiziqishga sabab bo'ladi? Shubhasiz, stadion to'lishini kutish mumkin.
Shuningdek, ikkinchi liga tizimida yoki alohida qilibmi, havaskorlar ligasini tashkil etish zarur. Xorijda davlatlarida alohida havaskorlar ligalari mavjud. Bu ham ommaviylikning ortishiga xizmat qiladi. Havaskorlarga alohida liga shunchaki tuzilmaydi, balki birinchi ligada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lmagan jamoalarning mamlakat hududi bo'ylab boshqa bir umumiy divizionda o'ynashiga imkoniyat yaratiladi. Xuddi shunday yo'lni Yevropaning yetakchi davlatlari bosib o'tishgan. Yaponiya J ligasi shu tarzda yuzaga kelgan. Dastlab oliy divizion rivojlantirilgan, keyin navbati bilan undan quyidagi liga va shundan keyin qolgan klublar uchun navbatdagi divizion. Natijada yaponlar hozirga kelib qitamizda birinchi raqamli chempionat sifatida tan olinadigan milliy birinchilikka egalar.
MUXLISLAR BILAN ISHLASH
Oliy ligada muxlislarning o'rtacha tashrifi o'tgan yili 5 mingga yetmadi. Bu jamoalarning muxlislar bilan yaxshi ishlashmayotganini bildiradi. To'g'ri, oliy liganing hozirgi saviyasi ishqibozlarga yoqmayapti, lekin klublar eng shimarib, ishga kirishgan taqdirlarida bemalol bu miqdorni oshirish imkoniyati bor. Chunki O'zbekistonda futbolni juda sevishadi, futbol birinchi raqamli sport turi sanaladi. Televidenie o'yinlarni reklama qilmagan davrda klublarning o'zlari bunga mas'uldir. Ular uchrashuvlarni yaxshiroq reklama qilib, muxlislarni stadionga jalb etish yo'lini izlashlari kerak. Bu borada xorij jamoalarining turli tajribalaridan o'rganish mumkin. Angliya chempionati to'rtinchi divizionida ishtirok etuvchi “Kidderminster” klubi muxlislarni stadionga jalb etish maqsadida “12-raqam” loyihasiga qo'l urgan. Unga ko'ra, mavsum tugagandan keyin jamoa uchrashuvlariga eng ko'p tashrif buyurgan va safarlarga borgan, jamoaga turli masalalar yuzasidan yordam bergan ishqiboz bir mavsum mobaynida jamoaning 12-raqamli libosiga rasman egalik qiladi. U jamoa o'yinlari uchun chiqarilgan dasturlar, tarkib ro'yxatida bo'ladi. Har bellashuvdan avval asosiy tarkib bilan esdalik uchun rasmga tushadi, o'yinni esa tribunada kuzatadi. Ushbu loyiha juda ajoyib ekanligini takidlash mumkin. Bunday holat Germaniya bundesligasidagi bazi jamoalarda ham mavjud. Yoki turli ko'ngilochar o'yinlar va jamoa hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etiladigan “ochiq eshiklar kuni” orqali bunga erishsa bo'ladi.
Bu borada UEFA qo'llayotgan bir tajribani bizda ham sinib ko'rish lozim. UEFA klublar o'rtasidagi ikki asosiy musobaqa – Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining final o'yinlarida futbolchilar bilan birga maydonga chiqib keladigan bolalarni aniqlash uchun yil davomida o'ziga xos akciya o'tkazadi. Uning yakunida g'oliblar hal qiluvchi bellashuvlarga ota-onasi bilan tashrif buyurib, mashhur futbolchilar yonida maydonga chiqib kelishadi. Shundan so'ng uchrashuvni stadionda kuzatib borishadi. Bizda ham O'zbekiston Kubogi final bahslariga futbolchilar bilan chiqib keluvchi bolalarni biror tadbir yordamida aniqlash imkoniyati mavjud. Hech bo'lmaganda final o'tadigan viloyatda istiqomat qiluvchi bolalar uchun biror tanlov e'lon qilib, uning g'oliblariga biz aytib o'tgan holatni taqdim etish kerak. Bu esa kamida o'sha bolaning oila a'zolari, uning yaqinlari va do'stlari orasida futbolga qiziquvchilar soni ortishiga sabab bo'ladi. Keyinchalik futbol ommaviyligi, shu orqali ushbu sport turi bilan shug'ullanuvchi bolalar soni yanada ortadi.
Xorijda jamoalar o'z televideniesi, zamonaviy mobil telefonlari uchun alohida dastur, jurnal, telekommunikaciya kompaniyalari bilan audio va video xizmatlar ko'rsatish haqida shartnomalarga ega. Biz bu narsalarni klublarimizdan talab etmayapmiz, ayni paytda bu kulguli tuyuladi ham. Lekin ishqibozlar bilan yaxshiroq ishlab, ularning jamoalarga bo'lgan qiziqishini oshirishmas ekan, klublarimiz yanada rivojlanish to'g'risida o'ylamasalar ham bo'laveradi. Chunki muxlislarsiz o'ynaydigan klublar aynan klub sifatida rivojlanishi qiyin. Bizda jamoalarga muxlislik qiluvchilar soni ko'p, biroq ularning uchdan biri ham stadionlarga tashrif buyurmayapti. Demak, klublar shu savolga echib topishlari talab qilinadi. Ularning oldida boshqa yo'l yo'q.
Behzod NAZAROV.