EA Sports ketma-ket ikkinchi marta mundial g'olibini topdi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2018, 18:45
May oyida EA Sports kompaniyasi FIFA 18 o'yinida JCH-2018 g'olibini aniqlashga urindi va kompyuter o'yinida Fransiya terma jamoasi chempion bo'ldi.

Bu taxmin to'g'ri chiqdi, 15 iyul kuni finalda fransiyaliklar Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi. Bu FIFA o'yinidagi ikkinchi to'g'ri taxmin. 2014 yilda ushbu simulyator Germaniya mundial g'olibi bo'lishi haqida ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, EA Sports kompaniyasi FIFA18 uchun chiqarilgan jahon chempionati turnirining statistikasini ma'lum qildi.

O'yin foydalanuvchilari ushbu turnirda 406 mln. o'yin o'tkazishdi, ularda 1 mlrd. gol urildi. O'yinchilar ko'proq Braziliya, Fransiya, Argentina, Belgiya va Portugaliya terma jamoalari bilan turnirda ishtirok etishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru