Dzenga iste'foga chiqdi

Mirjalol Normatov
2 avg 2020
"Kalyari" bosh murabbiyi Valter Dzenga iste'foga chiqarildi.

Uning qo'l ostida jamoa A Seriyaning so'nggi turida "Milan"ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Milan"ga qarshi o'yindan keyin iste'foga chiqishimni bilgandim. Klub prezidenti barchasini hal qiladi. Bu narsa menga bog'liq emas. Ushbu jamoani boshqarish imkoniyatini bergani uchun klub rahbariyatidan minnatdorman", - dedi Dzenga.

Eslatib o'tamiz, Dzennga "Kalyari" boshqaruvini 2020 yil bahorida o'z qo'liga olgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia