Italiya terma jamoasi hujumchisi Simone Dzadza "Sassuolo" bilan kelishuvni uzaytirishga erishdi.
Simone Dzadza endilikda 2019 yilgacha "Sassuolo"da to'p tepadigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, Simone Dzadzaga "Yuventus" klubi jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.