Dyumfris uchun ikkita asosiy da'vogar ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2023, 10:52
Bular – APL ikki kuchli klubi.

"Arsenal" "Inter" o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfrisni jamoasida ko'rishni istaydi, deb xabar berdi "TalkSport".

"Kanonirlar" Takexiro Tomiyasuning o'yin darajasidan ko'ngli to'lmagani uchun bu poziciyani mustahkamlamoqchi. Qolaversa, yaponiyalik "Manchester Siti"ga qarshi eng muhim o'yinda golga olib kelgan xatoga yo'l qo'ydi.

Aaron Uan-Bissakadan qoniqmayotgan Dyumfris xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Niderlandiyalik futbolchini sotish "Inter"ning rejalariga kiritilgan, chunki "neradzurri" moliyaviy muammolarni hal qilishi kerak. Italiya klubi Dyumfrisni kamida 30 million evroga sotishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSport