Dunyoning yetakchi ligalari FIFAni sudga bermoqchi

Оқил Абдубарноев
28 mar 2024
Buning sabablari ma'lum qilindi.

Premer-liga, A Seriya, La Liga va duyoning boshqa yetakchi ligalarini o'tkazuvchi tashkilotlar Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ni o'z mavqeini suiistemol qilganlikda ayblab, sudga berishi mumkin.

So'nggi yillarda xalqaro miqyosidagi turnirlar va uchrashuvlar soni ko'payib bormoqda, bu esa ichki chempionatlar uchun nihoyatda tig'iz taqvimni yuzaga keltirmoqda. Qolaversa, futbolchilar dam olish imkoniyatidan mahrum bo'lib, salomatligini xavotirli ko'rinishga keltirmoqda.

Ligalar va futbolchilar uyushmalari FIFAdan taqvim tuzishda ularning fikrlarini ham inobatga olish keraklini takidlashmoqda. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Gazzetta Dello Sport