Dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi kimligini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
12 may 2017, 14:16
O'tgan hafta Football Leaks: The Dirty Business of Football kitobi sotuvga chiqdi va unda bazi futbolchi hamda klublar o'rtasidagi bitim shartlari e'lon qilindi.

O'sha kitobda sayyoramizning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisi kimligi haqida ham yozilgan. Berilgan ma'lumotlarga ko'ra, "Xebey Chayna Forchun"ning argentinalik hujumchisi Esekel Lavessining maoshi dunyodagi har qanday futbolchinikidan baland. Uning haftalik maoshi 798 000 funt.


Lavessi hozirgacha Xitoy klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia