Duglas Kosta faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Alisher
10 fev 2021, 13:02
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Kosta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

30 yoshli vingerga "Lids" klubi da'vogarlik qilmoqda. Klub agar jamoadan Yevropaning top-klublari qiziqishlariga sabab bo'layotgan Rafinya tark etsa, Kosta bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi.

Braziliyalik Duglasning "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning yozida yakuniga etadi.

Futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tribalfootball