Drogba: "Yuventus" - Ronaldu uchun ideal klub"

Aslanov Jasurbek
14 iyul 2018
"Chelsi" sobiq hujumchisi Dide Drogba forvard Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga izoh berdi.

"Ronalduning "Yuventus"ga o'tganidan hayron bo'lmadim. Bu portugaliyalik uchun ideal klub. Yaxshi tanlov va ajoyib chaqiruv. Men ham A Seriyaga o'tishni o'ylaganman, ammo hammasi o'zgarib ketgan. Hozir buni aytishdan foyda yo'q. Ammo Ronalduning A Seriyada o'ynash ishtiyoqini juda yaxshi tushunib turibman.

Ko'pchilik u "Real"da qolishi kerakligi haqida aytishdi. "Real" gigant klub, ammo Ronaldu - ishtiyoq bilan ozuqlanadigan futbolchi, bu yoshda unga yangi chaqiruvlar kerak" - deydi Drogba.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Stampa