

“Abramovich davrida klubda ma'lum daraja bor edi, ammo bugun “Chelsi”ga bu yetishmayapti. Yangi xo'jayinlar klubda ko'p yildan beri faoliyat olib borgan xodimlardan qutilganini ko'rish men uchun og'ir bo'ldi, masalan, fizioterapevtlardan. Ular o'z tamoillari va qadriyatlariga qaytishi kerak”, degan Drogba.
Eslatib o'tamiz, Boeli 2022 yil mayida “Chelsi” boshqaruviga keldi. Tomas Tuxel iste'fosi esa OAV uchun kutilmagan yangilik bo'ldi. Hozirda “aristokratlar” APL turnir jadvalida 4-o'rinda bormoqda. Peshqadam “Arsenal” bilan oradagi farq esa 8 ochkoni tashkil qilmoqda.



