"Samvel Babayan betobligi tufayli Qo'qonga kela olmadi. Shu bois o'yin haqidagi fikrlarni men bayon qilaman. Bugungi o'yinga yaxshi tayyorlangandik. Bu jamoa birinchi ligada birinchi bo'lib turibdi. Jamoa muxlislariga gap yo'q. Biz 4-5ta imkoniyatdan foydana olmadik. Ustunligimizni natijada aks ettira olmadik. Javob bahsida g'alaba qozonishga urinamiz. Gol ura olmadik, bu futbol. Futbolda doim ham kuchli jamoa g'olib chiqavermaydi".
"Boyan Miladinovich bugun hujumda o'ynadi. Zaxiramizda hujumchi yo'q edi. Bizga gol kerak edi. Shu bois bo'yi uzun bo'lgan Boyanni hujumga tushirdik. Serbiyada o'ynayotganida u hujumchi sifatida ham harakat qilgandi. So'nggi daqiqalarda biz 4-4-2 taktikasida harakat qildik".
"Bunday muxlislikni O'zbekistonda umuman ko'rmaganman! Farg'onada, Andijondagi o'yinlarga borganman. Qo'qon muxlislariga 5 baho qo'yaman".
"To'g'risi raqib o'yiniga e'tibor qilmayman. Faqat o'z jamoam o'yinchilarining harakatlariga ko'proq e'tibor qilaman. Shu bois "Qo'qon-1912" jamoasidan bitta futbolchini ajratib ko'rsata olmayman".
"Paxtakor" hech qachon durang uchun o'ynamaydi. Bugun biz faqat g'alaba uchun keldik. Qo'qon jamoasi oliy ligada o'ynashi kerak. Sababi O'zbekistonda futbol aynan shu yerda boshlangan. Shaxsan men "Qo'qon-1912"ning oliy ligaga chiqishiga muxlislik qilaman".