Draksler PSJ bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Alisher
10 may 2021, 11:07
PSJ yarim himoyachisi Yulian Draksler klubda qolishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Manbaning xabariga ko'ra, 27 yoshli germaniyalik futbolchi parijliklar bilan shartnomasini 2024 yilning iyuniga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Qayd etish kerakki, himoyachi Alessandro Florenci ham mavsum so'nggida "Roma"ga qaytadi.

Draksler joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano