

27 yoshli vingerning yangi ish joyi Myunxenning "Bavariya" klubi bo'lishi mumkin. Drakslerning agentlari o'z xizmatlarini Germaniya chempionlariga taklif qilishdi.
Yarim himoyachi Parij grandi bilan shartnomani uzaytirmaydi va yozda erkin agent maqomida klubni tark etadi.
Yulian Bundesligada "Shalke" va "Volfsburg" jamoalaridagi o'yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish. Futbolchi 2017 yilning yanvaridan buyon Fransiyada to'p tepadi.



