Draksler APL klubiga o'tishi mumkin

Alisher
11 yanv 2021
"Lids" rahbariyati PSJ yarim himoyachi Yulian Drakslerga qiziqmoqda.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda. Oldinroq, francuz grandi 27 yoshli nemisni transferga qo'ygani ma'lum bo'lgandi.

Angliya klubi yarim himoyachini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi. PSJ Drakslerning sotuvidan 30 million evro miqdorida ishlab olmoqchi. Unga shuningdek "Arsenal" ham qiziqmoqda.

Xavbek joriy mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano