Draksler 60 mln evro evaziga Arsenalga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2016, 12:32
Arsenal Volfsburg yarim himoyachisi Yulian Drakslerni sotib olmoqchi.

Germaniya klubi 22 yoshli futbolchini sotmoqchi emas, biroq 60 million evrolik taklif Volfsburg direktori Klaus Allofsni o'ylab ko'rishga majbur qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Bild.nashri

Drakslerning bo'rilar bilan shartnomasi 2020 yilda tugaydi.

O'tgan mavsumda futbolchi Germaniya chempionatining 21ta o'yinida 5ta gol urdi va 6ta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de