Dragan Xeran bugun Qarshiga keladi

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016
“Nasaf” jamoasi ikkinchi davradan o'z tarkibini yangi legioner futbolchilar hisobiga ham kuchaytirishni qaror qilgan.

Shu kungacha jamoa safiga ikki nafar yangi legioner futbolchi kelib qo'shildi. Bular, rossiyalik Igor Golban va serbiyalik Ognen Krasichlardir.
 
Avvalgi xabarlarimizda yana bir serbiyalik hujumchi tarkibimizga kelib qo'shilishi haqida xabar bergan edik. Bu futbolchini qachon Qarshiga kelishini so'rab, murojaat qilayotgan muxlislar soni ko'payib bormoqda.
 
Bugun ana shu serbiyalik legioner futbolchi “Nasaf” jamoasi safiga qo'shilishi kutilmoqda. Bu – Dragan Xerandir. Ushbu 28 yoshli markaziy hujumchi bugun kechki payt klub bazasiga tashrif buyuradi. Bugun u Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tadi.
 
Shu kunlarda klubimiz yana bir qator mahalliy futbolchilar bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Bu futbolchilardan qaysi birlari jamoa safiga qo'shilishi shu kunlarda aniq bo'ladi.
 
Eng qizig'i, jamoamiz muxlislari 29 iyul juma kuni bo'ladigan O'zbekiston Kubogi chorak finali javob uchrashuvida yangi futbolchilarning o'yinlarini tomosha qilishlari mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz