Dragan Cheran: "O'zbekiston milliy terma jamoasida imkoniyat berilishi faoliyatimning cho'qqisi hisoblanadi"

Aslanov Jasurbek
27 dek 2020, 10:20
Yakunlangan mavsumda O'zbekiston chempionatining to'purari va "Paxtakor" jamoasi yetakchisi Dragan Cheran saytimizga eksklyuziv intervyu berdi

"Bu yilgi mavsum avvalgisiga qaraganda qiyinroq o'tdi. Chunki, chempionat saviyasi va darajasi ko'tarilib borgan sari sovrinlarni ham qo'lga kiritish qiyinlashib boraveradi. 

Shota Arveladze o'zbek futboli va "Paxtakor" uchun ko'p narsa bera oldi. Ushbu murabbiysiz yangi mavsumni boshlashimiz biroz g'alati. Boisi unga butun jamoa o'rganib qolgandi. Lekin oldinga intilishda davom etishimiz kerak. Bu - futbol, to'xtab qolmasdan yanada yuqori marralar sari qadam tashlashimiz lozim. 

Keyingi yil iyul oyida O'zbekistonga kelganimga besh yil bo'ladi. O'zbekiston milliy terma jamoasida o'ynash imkoniyati berilishi faoliyatimning cho'qqisi hisoblanadi",- deydi Dragan Cheran.

Batafsil intervyuni tez orada saytimizda o'qishingiz mumkin. Bizni kuzatishda davom eting!

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia