Dostonbek Hamdamov sentyabrgacha "Anji"ga yordam bera olmaydi

Aslanov Jasurbek
6 avg 2018
"Anji" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov avgustdagi o'yinlarda Maxachkala klubiga yordam bera olmaydi.

Futbolchi O'zbekiston U23 terma jamoasi bilan Indoneziyada o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi. Musobaqa 18 avgustda boshlanib, 1 sentyabrda yakunlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Anji" hamda "Ural" o'rtasidagi Rosiya Premer-ligasining 1-tur bahsida (1:0) Dostonbek Hamdamov maydonga tushmagan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/fc_anji