Dostonbek Hamdamov: "Golim jamoamizga g'alaba keltirganidan xursandman"

2 iyul 2015, 14:16
Oliy liganing 15-tur o'yini "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuvida g'alaba to'pi muallifiga aylangan Dostonbek Hamdamov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin yaxshi bo'ldi. Muxlislarimizni xursand qildik deb o'ylayman. "Qo'qon-1912" jamoasi ham bizga etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Umuman bu jamoa ancha kuchli ekanligini ta'kidlab o'tgan bo'lardim. Bu yilgi mavsumda chempionatimizda kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. "Qo'qon-1912" jamoasining keyingi o'yinlarida omad tilayman. Urgan golim jamoaga g'alaba keltirganidan xursandman. Charchoq alomatlari? Yo'q, mundialdan keyin kerakli hordiqni chiqarib oldik va charchoq alomatlari sezilmayapti. Boshqa jamoalardan takliflar tushayotgani haqida men bilmayman. Bu borada klub shug'ullanadi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Dostonbek Hamdamov.


Manba: championat.asia