

"Ramziy termaga kirganimdan xursandman. Yana o'z ustimda ishlab gollar urib har bir turda ramziy termaga tushishga harakat qilaman. "Buxoro"ga qarshi safardagi bahs biz uchun juda og'ir kechdi. Sababi raqib safiga bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishgan. Ular o'z muxlislari qarshisida faqat g'alaba uchun o'ynashdi. Shunga qaramay g'alaba qozonganimizdan mamnunmiz. O'ylashimcha "Buxoro" ikkinchi davrada ko'pchilik klublarga bosh og'riq bo'ladi", - deydi Dostonbek Hamdamov.
Eslatib o'tamiz, Hamdamov "Buxoro"ga qarshi o'yinda o'z hisobiga mavsumdagi beshinchi golni yozib qo'ydi.




