

"Hamdamov ayni paytda "Anji"da. Uning shartnomasida 300 ming evro tovon puli yozib qo'yilgan. "Anji"dan xat kelgani rost. Ammo "Bunyodkor" klubi prezidenti Ashurov Ulug'bek futbolchining jamoada qolishini istadi. Buni "Anji"ga ma'lum qildik. Uni 13 yoshidan akademiyada tarbiyaladik. Buning uchun qo'shimcha pul so'radik. Bu hamma joyda bor. Agentlar Hamdamovning boshini aylantirishdi" - deydi Murod Aliev.



