

Tabrik uchun rahmat. Bundan o'zimda yo'q xursand bo'ldim. Har bir futbolchi shunday sovrinni qo'lga kiritishni orzu qilsa kerak. Katta futboldagi orzularimdan biri ro'yobga chiqqanligidan baxtiyorman. Ushbu sovrinni bir o'zim emas, aksincha, murabbiylarim, maktabdagi ustozlarim, ham klub, ham terma jamoadagi jamoadoshlarimniki deb bilaman. Ularning yordami va qo'llab-quvvatlashisiz hech narsaga erisha olmasdim. Kuchli uchlikka kirgan klubdosh do'stlarim Zabihillo va Eldorga ham rahmat aytmoqchiman. Shunday do'stlarim va jamoadoshlarim borligidan faxrlanaman. Bu yutuqlarning barchasi O'zbekistonda futbolga qaratilayotgan e'tibor mahsulidir.
- Bu sovrinni kimga bag'ishlar edingiz?
- Birinchi galda ota-onamga. Voyaga etkazishgani vash u darajaga etkazishgani uchun ulardan cheksiz minnatdorman. Albatta, murabbiylarimga ham katta rahmat.



