Dortmundning "Borussiya" klubi yanvarda Patoni xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
7 okt 2015, 17:12
Hozirda "San-Paulu" sharafini himoya qilayotgan "Milan" sobiq hujumchisi Aleshandre Pato faoliyatini Dortmundning "Borussiya" klubida davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Borussiya" yanvarda Patoni xarid qilishga urinib ko'radi va shu kunlarda 26 yoshli futbolchi borasida taklif tayyorlashadi. Agar Patoni sotib olish amalga oshmasa, dortmundliklar "Shtutgart" hujumchisi Daniel Ginchek bilan tarkibni to'ldiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fusbaalinfo