Dortmundning “Borussiya” klubi Chjini sotib olishga qaror qildi

Dortmundning “Borussiya” klubi, “Sanderlend” bilan hujumchi Don-Von Chjini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Bild.

2014 yilning yozida “Sanderlend” bilan tuzgan shartnomasi tugaydigan koreyalik o'yinchi, qishda nemis klubiga o'tadi. Transfer narxi 5 million funtni tashkil etishi mumkin.

Ta'kidlab o'tamiz, o'tgan mavsumda “Augsburg” tarkibida 17 ta o'yin o'tkazgan Chji, 5 ta gol urishga erishgan.


Manba: soccer.ru