

Obameyang borasidagi savollarga "Borussiya Dortmund" klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatcke qo'yidagicha javob berdi:
"Biz bejizga Obameyang bilan shartnomani 2020 yilga qadar uzaytirganimiz yo'q. Chunki Obameyang jamoamiz safida yana ko'plab gollar urishini istaymiz. Uni uzoq vaqt safimizda olib qolmoqchimiz. Agarda kimda-kim bu hujumchimizni sotib olmoqchi bo'lsa, unda ular 100-120 million evro mablag' bilan bizga taklif bilan chiqishsin. O'shanda balki bu taklifni yo'lab qo'rarmiz. Ammo biz Obameyangdan voz kechmoqchi emasmiz", - deydi Vatcke.



