

Qirg'iziston chempionatining 11 karra chempioni, 10 marotaba mamalakat Kubogi sohibi - Bishkekning Dordoy klubi markaziy himoyachi Sirojiddin Allaev bilan kelishuvga erishdi.
27 yoshli Allaev bungacha O'zbekistonda Nasaf, Bunyodkor, Metallurg (yoshlar) hamda Mashal jamoalarida o'ynagan. Bundan tashqari Sirojiddin faoliyatini Tojikistonning Regar Tadaz va Malayziyaning ATM FA klublarida ham olib borgan.
Bo'yi 1,90 sm, vazni 73 kg. Ampluasi - markaziy himoyachi. Bishkekliklar Allaevni yaqinda keng ommaga rasman tanishtirdi va endilikda 27 yoshli legionerimiz yangi jamoasi safida 93-raqamli libosda xarakat qiladi.




