Donnarumma "Yuventus"ga o'tishni istamadi

Aslanov Jasurbek
13 dek 2017
"Milan" posboni Janluiji Donnarumma "Yuventus"ga o'tishdan bosh tortdi.

"Keksa sinora" avval ham 18 yoshli darvozabonga qiziqish bildirgan edi, ammo ish muzokaralargacha yetib bormagan. Endi "Yuventus" rahbariyati futbolchining agenti Mino Rayolaga murojaat qildi, ammo agent va darvozabondan rad javobini oldi.

Oldinroq, Donnarummaning vakillaridan biri PSJ bilan muzokara olib borayotgani e'lon qilingan edi. Shu bilan birga, "Milan" futbolchiga "ruxiy zarar" etkazgani uchun bitim bekor qilinishi mumkinligi aytilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com