Donnarumma, Xeuge va Gabbiya koronavirusdan tuzaldi

Alisher
31 okt 2020
"Milan"ning 3 futbolchisi koronavirusdan tuzaldi.

Darvozabon Janluiji Donnarumma, hujumkor o'yinchi Yens Xeuge va himoyachi Matteo Gabbiya COVID-19 uchun test topshirishdi va manfiy javob olishdi.

Donnarumma va Xeuge mashg'ulotlarga qaytish uchun ruxsat olishdi, Gabbia esa tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.

Oldinroq "Milan"ning bir necha o'yinchilari, jumladan Zlatan Ibragimovich ham koronavirusga chalinishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: acmilan.com