Donnarumma: "Katta klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2021, 19:56
Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma PSJga transferi haqida gapirdi.

"Ushbu katta klubning bir qismiga aylanganimdan xursandman. Yangi chaqiruvni qabul qilishga va o'sishda davom etishga tayyorman. PSJ bilan imkon qadar ko'proq sovrin yutmoqchiman va muxlislarni shod etmoqchiman", – dedi parijliklarning 22 yoshli yangi a'zosi.

Posbon "Milan"dan kyetib, erkin agent sifatida PSJga o'tdi. Uning yangi klub bilan shartnomasi besh mavsumga mo'ljallangan.

 Eslatib o'tamiz, Donnarumma Yevropa chempioni bo'ldi va Evro-2020'ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr