Doniyor Narzullaev - "Neftchi" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
2 yanv 2021, 11:50
Yangi futbol mavsumiga qizg'in tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi selekciya negizida jamoa tarkibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirmoqda.

Jumladan yakuniga etgan mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o'tkazgan mahoratli yarim himoyachi Doniyor Nazrullaev bilan shartnoma imzolandi.

Doniyor Nazrullaev "Nasaf" futbol maktabi  tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'z vaqtida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida o'zining yorqin o'yinlari bilan ko'zga tashlangan yarim himoyachi bo'lgan.

"Neftchi" PFK rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoaning yuksak marralarga erishishi uchun klub sharafini munosib himoya qilishida Doniyor Nazrullaevga omadlar tilab qoladi.

"Neftchi" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif